USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Siti” Alvaresni qaytarib oliş imkoniyatini körib çiqmoqda

63 марта
“Сити” Альваресни қайтариб олиш имкониятини кўриб чиқмоқда

Angliyaning “Mançester Siti” klubi Ispaniyaning “Atletiko Madrid” jamoasida töp tepayotgan argentinalik hujumçi Xulian Alvaresni ijaraga oliş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Argentinalik futbolçi 2024 yil avgust oyida “Mançester Siti”dan “Atletiko Madrid”ga köçib ötgan. OAV malumotlariga köra, transfer qiymati 94 million yevroni taşkil etgan.

Londonning “Arsenal” klubi ham Alvaresga qiziqiş bildirmoqda. Biroq futbolçining özi Angliyaga qaytişni istamayotgani aytilmoqda.

“Atletiko Madrid” esa Alvares böyiça muzokaralarni boşlaş uçun kamida 150 million yevro talab qilmoqda. Şuningdek, Madrid klubi uning örniga munosib futbolçi qöşilgan taqdirda ham takliflarni körib çiqişga tayyor.

Ayni paytda Alvares kasalligi sabab bir neçta maşğulotni ötkazib yuborgan va şaxsiy murabbiy bilan alohida şuğullanmoqda.

Avvalroq, Alvares “Atletiko Madrid” bilan 2030 yilgaça tuzilgan şartnomasi borligiga qaramay, Madrid klubini tark etiş istagini oçiq bildirgan edi. Ispaniya OAVlari “Barselona” argentinalik futbolçi uçun 130 million yevro taklif qilişga tayyorligi haqida xabar bergan. Keyinçalik “Atletiko Madrid” Alvaresning Kataloniya klubiga ötiş ehtimoli deyarli nolga teng ekanini malum qildi.

Malumot uçun, 26 yoşli Alvaresning “Atletiko Madrid” bilan şartnomasi 2030 yil iyun oyiga qadar amal qiladi. U ötgan mavsumda madridliklar safida 49 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 20 ta gol urgan.

Şuningdek, Alvares Argentina milliy terma jamoasi safida 58 ta öyinda 15 ta gol muallifi bölgan. U terma jamoa bilan 2021 va 2024 yillarda Amerika kubogi, 2022 yilda esa Jahon çempionatida ğolib çiqqan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: