USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Atletiko” Alvaresni “Barselona”ga sotiş ehtimolini 0 foiz deb baholadi

56 марта
“Атлетико” Альваресни “Барселона”га сотиш эҳтимолини 0 фоиз деб баҳолади

Argentinalik hujumçi Xulian Alvaresning “Atletiko Madrid”dan “Barselona”ga ötişi ehtimoli 0 foizni taşkil qiladi. Bu haqda Madrid klubi Ispaniyaning “Marca” naşriga bergan bayonotida malum qildi.

Avvalroq, “Barselona” prezidenti Joan Laporta Alvares transferini muhokama qiliş uçun “Atletiko Madrid” bilan boğlanişga tayyorligini bildirgan edi. OAVda ham futbolçining Kataloniya klubiga ötişi mumkinligi, hujumçi bunday transferga qiziqiş bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Şuningdek, “Atletiko Madrid” muxlislari Ispaniya çempionatining ikkinçi turida “Vilyarreal”ga qarşi uçraşuvda (2:2) argentinalik futbolçini huştakbozlik bilan qarşi olgandi.

“Futbolçiga nisbatan bosim ötkazilmoqda, ammo Xulian bilan boğliq vaziyatda yagona jabr körgan tomon biz böldik. Bizga iqtisodiy va ijtimoiy zarar yetkazildi. Uni “Barselona”ga sotiş ehtimoli – 0 foiz. Bu masala pul haqida emas, balki qadr-qimmat haqida”,  deyiladi “Atletiko” bayonotida.

Malumot uçun, 26 yoşli Alvares 2024 yildan beri “Atletiko Madrid” safida töp tepib kelmoqda. U bundan avval Angliyaning “Mançester Siti” klubida öynagan.

Alvares “Mançester Siti” bilan ikki marta Angliya çempioni, Çempionlar ligasi, Klublar örtasidagi jahon çempionati, Angliya kubogi, Angliya Superkubogi va UEFA Superkubogini qölga kiritgan.

Alvares Argentina milliy terma jamoasi safida 59 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 15 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oşirgan. U terma jamoa bilan 2022 yilgi Jahon çempionati, ikki marta Kopa Amerika (2021 va 2024) hamda 2022 yilgi Finalissima ğolibi bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: