USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

113 марта
Месси терма жамоадаги фаолиятини якунлади

Hujumçi Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

“Finaldan beri ötgan vaqt va uzoq mulohazadan söng, hammaga milliy terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayotganimni elon qilmoqçiman… Bu oğriqli va hanuzgaça oğriq berayotgan qaror böldi, ammo hozir eng munosib vaqt ekanini tuşunib turibman. Qasam içamanki, nafaqat hamma narsani yutib olgan oxirgi yillarimizda, balki undan oldin ham doimo bor kuçimni berganman, futbol orqali sizga quvonç ulaşiş va argentinalik ekaningizdan faxrlanişingiz uçun uşbu futbolka bilan doimo kuraşganman va bor vujudimni bağişlaganman.

Vaqt oz qoldi, boblar yopilmoqda va bu bob menga çuqur oğriq yetkazmoqda. Men milliy terma jamoada bölişni sevganman, sevardim va doimo sevaman.

Men bor kuçimni berdim; beradigan boşqa heç narsam qolmadi, bundan taşqari, ortimdan u yerda bölişga loyiq juda iqtidorli yoş öyinçilar kelmoqda.

Bu 20 yil davomidagi barça mehr-muhabbatingiz uçun taşakkur.

Endi men ham sizlardan biri bölaman, doimo taşqaridan turib sizlarni qöllab-quvvatlayman va muxlislik qilaman (yaxşi kunlarda ham, ayniqsa yomon kunlarda ham). Meni uşbu gözal, ammo maşaqqatli sayohatda yolğiz qoldirmay, doimo yonimda bölgan oilamga rahmat. Uşbu sayohatni baham köriş baxtiga muyassar bölganim — har bir murabbiy, jamoadoşlarim va menejerlarga taşakkur. Özim bilan unutilmas xotiralar va lahzalarni olib ketmoqdaman. Sizlarga va jamoadoşlarimga ertakka öxşaş lahzalarni taqdim etganimdan xotirjamlik va faxr tuyğusi bilan ketmoqdaman. Bularning barçasini sizlar bilan birga boşdan keçiriş ajoyib edi.

Sizlarni sevaman! Meni argentinalik qilganing uçun taşakkur, Xudoyim! Olğa, Argentina!

Men bu sözlarni 21 iyul kuni, finaldan ikki kun ötib yozgandim. Otam bilan sodir bölgan voqeadan söng, bunga yanada köproq amin böldim”, deb yozdi Messi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Malumot uçun, Argentina terma jamoasi tarkibida Messi 2022 yilgi jahon çempioni, 2021 va 2024 yillarda Amerika kubogi sohibi, 2022 yilgi Finalissima ğolibi hamda 2008 yilgi Olimpiya çempioni bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: