Infantino obrösini kötariş uçun 2,7 million yevro sarflaydi
FIFA Londonda joylaşgan “Ten Toes Media” marketing agentligi bilan bir neça million funt sterlinglik şartnoma imzoladi. Uning asosiy vazifalaridan biri taşkilot va uning prezidenti Janni Infantinoning obrösini himoya qilişdan iborat. Bu haqda “The Times” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, kelişuv 2025 yil mart oyida imzolangan va 22 oyga möljallangan. Şartnoma 2026 yil dekabr oyida öz nihoyasiga yetadi. Kelişuv qiymati 2,3 million funt sterling bölib, bu taxminan 2,7 million yevroni taşkil etadi.
Hujjatga köra, “Ten Toes Media” FIFA’ga Instagram, Facebook, X va LinkedIn kabi ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini boşqarişda yordam beradi. Agentlikning asosiy vazifalari FIFA va Infantinoning obrösini himoya qiliş, taşkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi körinişini oşiriş, şuningdek, prezidentning qaraşlariga mos kommunikatsiya strategiyasini işlab çiqiş uçun tahlil va zarur vositalarni taqdim etişdan iborat.
Şartnoma haqidagi malumotlar Janni Infantino faoliyatiga nisbatan tanqidlar kuçayib borayotgan bir paytda oşkor böldi. Tanqidlarga sabab bölgan masalalardan biri Infantinoning kelajakdagi Jahon çempionatlari va boşqa FIFA turnirlarining tijoriy huquqlariga xususiy investorlarni jalb qiliş taklifi böldi. Biroq uşbu loyiha futbol jamoatçiligi va sport sohasi vakillarining jiddiy qarşiligidan söng bekor qilindi.
Malumot uçun, 2027 yil mart oyida FIFA prezidenti saylovi bölib ötişi rejalaştirilgan. Infantinoning mazkur saylovda yana bir muddatga öz nomzodini qöyişi kutilmoqda.