USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rasman! Gabriel Jezus “Barselona”ga ötdi

144 марта
Расман! Габриэл Жезус “Барселона”га ўтди

Braziliyalik futbolçi Gabriel Jezus Angliyaning “Arsenal” klubidan Ispaniyaning “Barselona” jamoasiga ötdi. Bu haqda kataloniyaliklar matbuot xizmati xabar berdi.

Hujumçi “Barselona” bilan 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladigan şartnoma imzoladi. OAVlarning malumotiga köra, kelişuv qiymatini 10 million yevro deb baholagan edi. Şuningdek, “Arsenal” Jezusning yangi jamoasidagi natijalariga qarab qöşimça bonuslar olişi mumkin.

Malumot uçun, 29 yoşli Jezus 2022 yil yozidan buyon “Arsenal” şarafini himoya qilib kelayotgan edi. U London klubi safida turli musobaqalarda 123 ta uçraşuv ötkazib, 32 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oşirdi. Ötgan mavsumda braziliyalik futbolçi jamoasi bilan Angliya Premer-ligasida çempionlikni qölga kiritdi, şuningdek, Çempionlar ligasi va Angliya Liga kubogi finallarida iştirok etdi.

Jezus bunga qadar beş mavsum davomida “Mançester Siti”da öynagan. U mançesterliklar bilan tört marta Angliya Premer-ligasi va Liga kubogida, ikki marta Angliya Superkubogida hamda bir marta Angliya Kubogida ğolib çiqqan. 2020-2021 yilgi mavsumda esa “Mançester Siti” bilan Çempionlar ligasi finaliga qadar yetib borgan.

Jezus Braziliya terma jamoasi safida 64 ta öyinda maydonga tuşib, 19 ta gol urgan va 13 ta golli uzatma bergan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: