USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Debyutidagi qizil kartoçkadan tortib, jahon çempionligigaça: Messining Argentina terma jamoasidagi yöli

68 марта
Дебютидаги қизил карточкадан тортиб, жаҳон чемпионлигигача: Мессининг Аргентина терма жамоасидаги йўли

Lionel Messi Argentina terma jamoasi AQŞda bölib ötgan jahon çempionati finalida Ispaniyaga mağlub bölganidan yetti hafta ötib xalqaro faoliyatini yakunlaganini elon qildi. 2005 yil yozida maydonga tuşganidan bir neça soniya ötib qizil kartoçka olgan futbolçining 21 yillik faoliyati 207 ta öyin, 125 ta gol, uzoq kutilgan jahon çempionligi va yana ikki Jahon çempionati finalidan söng yakunlandi.

Keça, 31 avgust kuni Messi Instagram sahifasida 21 iyul kuni, jahon çempionati finalidan ikki kun ötib yozgan xati aks etgan suratni joylaştirdi. Unda argentinalik futbolçi milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlayotganini tasdiqladi va avgust oyi boşida otasi Xorxe vafot etgani uni bu qarorga avvalgidan ham köproq işontirganini aytdi.

“Finaldan beri ötgan vaqt va uzoq mulohazadan söng, hammaga milliy terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayotganimni elon qilmoqçiman… Bu oğriqli va hanuzgaça oğriq berayotgan qaror böldi, ammo hozir eng munosib vaqt ekanini tuşunib turibman. Qasam içamanki, nafaqat hamma narsani yutib olgan oxirgi yillarimizda, balki undan oldin ham doimo bor kuçimni berganman, futbol orqali sizga quvonç ulaşiş va argentinalik ekaningizdan faxrlanişingiz uçun uşbu futbolka bilan doimo kuraşganman va bor vujudimni bağişlaganman.
 Vaqt oz qoldi, boblar yopilmoqda va bu bob menga çuqur oğriq yetkazmoqda. Men milliy terma jamoada bölişni sevganman, sevardim va doimo sevaman. Men bor kuçimni berdim; beradigan boşqa heç narsam qolmadi, bundan taşqari, ortimdan u yerda bölişga loyiq juda iqtidorli yoş öyinçilar kelmoqda. Bu 20 yil davomidagi barça mehr-muhabbatingiz uçun taşakkur”.

Messi oilasiga “gözal, ammo qiyin sayohat” davomida unga hamroh bölgani uçun minnatdorlik bildirdi.
Messi öz bayonotini argentinalik muxlislarga murojaat bilan yakunladi:

“Sizlarga va jamoadoşlarimga ertakka öxşaş lahzalarni taqdim etganimdan xotirjamlik va faxr tuyğusi bilan ketmoqdaman. Bularning barçasini sizlar bilan birga boşdan keçiriş ajoyib edi. Sizlarni sevaman! Meni argentinalik qilganing uçun taşakkur, Xudoyim! Olğa, Argentina!”

2005 yilda Ispaniya fuqaroligini olgan (Argentina fuqaroligini saqlab qolgan holda) Lionel Messi Ispaniya terma jamoasi safida öynaş huquqiga ega edi. Biroq u faqat Argentina terma jamoasida öylaşni istagani uçun Ispaniya futbol federatsiyasining taklifini rad etdi.

Öşa yili Messi Argentina yoşlar terma jamoasi bilan 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionatida ğolib çiqdi. Messi esa turnirning eng yaxşi futbolçisi va töpurari deb topildi. 

Tasavvur qiliş qiyin bölgan debyut

2005 yildan buyon Messi Argentina milliy terma jamoasi safida töp tepib keldi. U kattalar terma jamoasidagi debyutini 2005 yil 17 avgust kuni 18 yoşida Budapeştda Vengriyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida ötkazdi. Messi 63-daqiqada zaxiradan maydonga tuşdi va oradan atigi ikki daqiqa ötib, raqib futbolçisiga tirsagi bilan zarba bergani uçun qizil kartoçka bilan maydondan çetlatildi. Xullas debyut mana şunday boşlangan.

Messi terma jamoadagi birinçi golini 2006 yil 1 mart kuni Xorvatiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida urdi. Biroq Argentina mazkur bahsda 2:3 hisobida mağlub böldi. 2008 yilda Messi Pekin Olimpiadasida oltin medalni qölga kiritdi. 2011 yilda esa Argentina terma jamoasi sardoriga aylandi.

Şunga qaramay, Messi uzoq yillar davomida terma jamoa bilan yirik sovrin yuta olmayotgani uçun tanqid qilindi. 2016 yil iyun oyida u Argentina terma jamoasining eng yaxşi töpurariga aylandi. AQŞga qarşi Amerika Kubogi yarim finalida Messi milliy jamoa uçun 55-golini urdi va Gabriel Batistutaning 54 ta gollik natijasidan özib ketdi. Argentina öşa uçraşuvda 4:0 hisobida ğalaba qozondi, ammo finalda Çiliga mağlub böldi. Bu Messining yirik turnirlar finalidagi navbatdagi omadsizligi edi. U 2007 va 2015 yillardagi Amerika Kubogi finallarida hamda 2014 yilgi Jahon çempionati finalida mağlub bölgandi. 2016 yilgi Amerika Kubogida Çiliga qarşi finaldan söng Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlaşini elon qildi.

“Men qölimdan kelgan barça işni qildim. Törtta finalda iştirok etdim va çempion böla olmaganim açinarli”, degandi futbolçi.

Bu qaror Argentinada “Ketma, Leo!” şiori ostida ommaviy kampaniya boşlanişiga sabab böldi. Mamlakat Prezidenti Maurisio Makri ham futbolçini terma jamoada qolişga çaqirdi. 2016 yil sentyabr oyida Messi Argentina terma jamoasiga qaytdi. Şundan söng, u jamoa bilan bir qator yirik sovrinlarni qölga kiritdi. 2021 yilda u Argentinani Amerika Kubogi finalida Braziliya ustidan ğalabaga olib keldi. Messi turnirda törtta gol urdi va beşta golli uzatma amalga oşirdi. Bu Argentinaning 28 yil içidagi ilk yirik sovrini böldi.

2022 yil Qatarda ötkazilgan Jahon çempionatida Messi yettita gol urdi, ulardan ikkitasi finalda Frantsiya darvozasiga kiritildi. Argentina penaltilar seriyasida Frantsiyani mağlub etib, öz tarixida uçinçi marta jahon çempioniga aylandi. Messi esa faoliyati davomida eng köp intiq bölgan sovrinni qölga kiritdi.

2024 yilda Argentina Amerika Kubogi finalida Kolumbiyani 1:0 hisobida mağlub etdi. Lautaro Martines qöşimça vaqtda yagona golni urdi. Bu ğalaba Messi uçun faoliyatidagi 45-sovrin böldi va u tarixdagi eng köp sovrin yutgan futbolçiga aylandi. 2026 yilda Messi yana Argentina terma jamoasining Jahon çempionati uçun tarkibiga kiritildi. AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötgan jahon çempionatida Argentina yana finalgaça yetib bordi. Biroq hal qiluvçi uçraşuvda argentinaliklar Ispaniyaga qöşimça vaqtda 0:1 hisobida mağlub böldi.

Mazkur turnirda ham Messi öz nomini tarixga yozdi. 22 iyun kuni u Jahon çempionatlaridagi golli harakatlari böyiça Germaniya terma jamoasi sobiq hujumçisi Miroslav Klozening 16 ta natijadan iborat rekordini (21) yangiladi. Biroq 18 iyul kuni Frantsiya hujumçisi Kilian Mbappe Messining uşbu natijasidan (22) özib ketdi. 

“Abadiy” yulduz öz tengdoşlari tomonidan olqişlandi

Messi bilan 2022 yil Qatarda bölib ötgan Jahon çempionatida birga öynagan Anxel Di Mariya endi muxlislar Argentina osmonining kök-oq rangli libosida afsonaviy hujumçini köra olmasligini anglaş juda oğir ekanini takidladi.

“Men faqat sen bilan bir davrda tuğilganimni, seni köriş, öyiningdan zavq oliş va eng muhimi, terma jamoada sen bilan şunça yillarni birga ötkaziş baxtiga muyassar bölganimni bilaman”, deydi Di Mariya.

Messining “Inter Mayami”dagi argentinalik jamoadoşi Rodrigo De Paul sakkiz karra “Oltin töp” sohibi bölgan futbolçining öz mamlakatiga bölgan “sözsiz muhabbati”ni alohida takidladi.

“Şunçaki rahmat. Barça davrlarning eng buyuk futbolçisi, bizga şunça baxt baxş etganing uçun rahmat. Odamlarni qançalik köp bor tabassum qildirganingni hatto tasavvur ham qila olmaysan! Sen abadiysan”,  deb yozdi De Paul.

Argentina terma jamoasi yarim himoyaçisi Entso Fernandes esa keyingi maşğulotlar va öyinlarni Messisiz tasavvur qiliş qiyinligini aytdi. Uning sözlariga köra, Messini köp yillar davomida milliy jamoaning 10-raqamli libosida köriş odatiy holga aylanib qolgan.

“Maydonga çiqib, seni 10-raqamda körmaslikni tasavvur qiliş juda qiyin. Seni u yerda şunça yillar davomida körib keldimki, bu manzarasiz terma jamoani tasavvur qilişning özi muşkul”, deydi Fernandes.

Hujumçi Lautaro Martines esa 2005 yilda milliy jamoada debyut qilgan Messining Argentina futboli uçun qilgan xizmatlari oldida sözlar ojiz ekanini takidladi.

“Maydonda erişgan barça yutuqlaringdan taşqari, menga örgatgan narsalaringni hamişa eslayman: heç qaçon taslim bölmaslik, har bir muvaffaqiyatsizlikdan keyin ham oldinga intiliş, jimgina mehnat qiliş va eng muhimi, har doim özimizga işoniş. Biz senni juda soğinamiz, kapitan. Bu safarni sen bilan birga bosib ötganimiz uçun abadiy minnatdor bölib qolamiz. Hammasi uçun rahmat, kapitan!” deydi Martines.
 

Messiga bildirilgan ehtirom va minnatdorlik sözlari faqat uning terma jamoadagi sobiq va amaldagi jamoadoşlari bilan çeklanib qolmadi. Argentina Prezidenti Xaver Miley Messini “ajoyib inson” deb atadi. Mamlakat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapiya esa uni “orzularimiz sardori” deya tarifladi.

“Öşa bola, “La Pulga” (Messining laqabi), köpinça imkonsizdek tuyulgan narsalarni amalga oşirgan öşa betakror futbolçi... Sen allaqaçon bu yurtning, milliy terma jamoamizning va jahon futbolining afsonasiga aylanib ulgurding.
Sen bizni sehrga işonişga majbur qilding. Balki şuning uçun ham vaqt sen uçun ham töxtamasligini qabul qiliş qiyin. Argentina terma jamoasi libosi sening ramzing bölib qoladi. Xalqimizning senga bölgan muhabbati esa abadiy davom etadi”, deydi Tapiya.

FIFA prezidenti Janni Infantino ham Messini yorqin xalqaro faoliyati bilan tabrikladi. U argentinalik futbolçi millionlab muxlislarga ulkan quvonç baxş etganini takidladi.

“Sen Jahon çempionati ğolibi va sportimiz tarixidagi eng buyuk futbolçilardan biri sifatida xalqaro faoliyatingni yakunlayapsan. Senga faoliyatingning keyingi bosqiçida eng yaxşi tilaklarimni bildiraman”, deydi Infantino.

Messining rafiqasi Antonella Rokutstso ham turmuş örtoğiga samimiy sözlar bilan murojaat qildi.

“Bu safarda yoningizda böliş va barça orzularingiz röyobga çiqqanini köriş men uçun qanday şaraf ekanini söz bilan ifodalaş qiyin. Siz bu hikoyaga va undan ham köproğiga munosib edingiz. Biz sizni çeksiz sevamiz”, deb yozdi Antonella Rokutstso.

Futbol muxlislari va butun futbol jamoatçiligi uçun qançalik oğir bölmasin, Lionel Messi özining buyuk futbolçilik faoliyati yakuniga tobora yaqinlaşmoqda. Argentina terma jamoasi bilan xayrlaşuvi esa bu jarayondagi birinçi va eng oğriqli qadam böldi. Balki bu qaror uning millionlab muxlislariga haqiqatni bosqiçma-bosqiç qabul qilişga imkon beriş, xayrlaşuv oğriğini biroz yengillaştiriş uçun taşlangan qadamdir.

Messi hali “Inter Mayami” safida maydonga tuşişi, gollar urişi va muxlislar olqişi ostida öynaşda davom etişi mumkin. Ammo uning futbolçilik faoliyati finiş çiziğiga juda yaqin kelganini uning özi ham, uni yillar davomida kuzatib kelgan muxlislari ham yaxşi anglab turibdi. Endi asosiy savol – bu buyuk kareraning rasmiy yakuni qaçon elon qilinişida.

Ehtimol, Messi mavsum yakuniga qadar öynaşda davom etar, balki xayrlaşuv sanasi yil oxiriga töğri kelar. Bu hozirça nomalum. Ammo bir narsa aniq: buyuk safarning sönggi bobi boşlandi. Argentina terma jamoasi bilan xayrlaşuv – Messining futboldan ketişi emas, balki öşa buyuk kunga taşlangan birinçi qadamdir.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: