Ronaldu şokda: öğli bir haftada 9 mln dollar işlatdi
Portugaliyalik futbol yulduzi Kriştianu Ronaldu öğlining kredit kartasidan foydalanib, bir hafta davomida 9 million dollardan ortiq mablağni qimmatbaho buyumlarga sarflaganini aniqlagaç, kartani bloklab, uning hisoblariga kiriş imkoniyatini çeklab qöydi. Bu haqda “Haberler” naşri xabar berdi.
Xabarlarga köra, portugaliyalik futbolçi malum muddat öğliga öz kredit kartasidan foydalanişga ruxsat bergan. Biroq bank hisobvarağidagi 1,8 million dollarlik tranzaktsiya Ronalduning etiborini tortgan.
Şundan söng, boşqa xarajatlar ham tekşirilgan. Aytilişiça, öğli bir hafta davomida superkarlar va turli qimmatbaho buyumlarga 9 million dollardan ortiq mablağ sarflagan.
Uşbu raqamlardan söng Ronaldu öz jamoasiga qönğiroq qilib, kredit kartasini bloklatgani va öğlining hisoblariga kiriş imkoniyatini çeklagani davo qilinmoqda. Biroq mazkur malumotlar hozirça Kriştianu Ronaldu yoki uning vakillari tomonidan rasman tasdiqlanmagan.
Malumot uçun, 16 yoşli Kriştianu Ronaldu Junior hozirda “Al-Nasr”ning yoşlar jamoasida öynaydi.