“Bunyodkor” oğir ahvolda: jamoa murabbiylarsiz qoldi
Toşkentning “Bunyodkor” futbol klubi boş murabbiy Ilyos Zeytullayev hamda uning yordamçilari jamoani tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Klub xabariga köra, boş murabbiy Ilyos Zeytullayev, şuningdek, uning yordamçilari Alessandro Spinolo, Andres Moauro va Marko Nikodemo öz xohişi hamda tomonlarning özaro kelişuviga köra istefoga çiqqan.
“Qaldirğoçlar” rahbariyati mutaxassislarga jamoa kelajagi yölida amalga oşirgan mehnati va fidoyiligi uçun minnatdorlik bildirib, ularning keyingi murabbiylik faoliyatiga omad tilagan.
Zeytullayev ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali “Bunyodkor” bilan xayrlaşdi.
“Izlaş vaqti bor va yöqotiş vaqti bor, saqlaş vaqti bor va uloqtiriş vaqti bor, yirtiş vaqti bor va tikiş vaqti bor, sukut saqlaş vaqti bor va gapiriş vaqti bor. Har bir narsaning öz vaqti va quyoş ostida öz örni bor. “Bunyodkor” futbol klubi bilan birga uşbu gözal yölni bosib ötgan va hayotimda öz izini qoldirgan har bir insondan – futbolçilardan tortib muxlislar, klub rahbariyati, xizmat körsatuvçi xodimlar, xavfsizlik xodimlari va yana juda köpçilikdan Yaratganga şukrona aytaman!!! Ayolim va farzandlarimga sabr-toqati hamda qöllab-quvvatlaganliklari uçun rahmat. Sizlar hamişa mening yuragimdasiz”, deb yozadi Zeytullayev.
Malumot uçun, hozirda “Bunyodkor” klubi öğir moliyaviy qiyinçiliklarni boşdan ötkazmoqda. Malumotlarga köra, klub futbolçilari bir neça oydan beri oylik maoşlarini olmayapti va bundan taşqari jamoada sobiq futbolçilari Rivaldo, Denilson va Itsuki Uratadan millionlab dollar qarzlar bor.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Bunyodkor” moliyaviy qiyinçiliklar sababli Superliganing 15-turi doirasida safar uçraşuviga bora olmasligini malum qilgan edi. Natijada jamoaga “Qizilqum”ga qarşi öyin uçun texnik mağlubiyat yoziladi. Keyinroq jamoaga davlat byudjetidan 5 milliard söm mablağ ajratildi.