“GOAT haqidagi bahs hal böldi.” Messi provokatsion video elon qildi
Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatining yakunlanişiga bağişlangan reklama videosini elon qildi. Uning ğayrioddiy yakuni ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqiş uyğotdi.
Videoda barmen Messiga hisobni tölaşni taklif qiladi. Şundan söng, kassa apparatidan uzun çek çiqara boşlaydi. Unda buyurtma qilingan içimliklar örniga Messining Argentina terma jamoasi safida 20 yildan ortiq vaqt davomida erişgan yutuqlari sanab ötilgan.
Rolikda uning milliy jamoa safida ötkazgan 207 ta öyini, urgan 125 ta goli, 2021 va 2024 yillardagi Amerika kubogi, 2022 yilgi Jahon çempionatidagi ğalabasi hamda boşqa yutuqlari aks ettirilgan.
Şuningdek, Messining Jahon çempionatlaridagi statistikasi ham alohida qayd etilgan: u oltita mundialda iştirok etib, 23 ta ğalaba qozongan, 21 ta gol urgan va 99 ta golli vaziyat yaratgan.
Biroq videodagi eng köp muhokama qilingan jihat çekning sönggi qatori böldi. Unda “GOAT munozarasi: hal qilindi” degan yozuv paydo bölgan.
GOAT atamasi ingliz tilidagi “Greatest of All Time” – “barça davrlarning eng buyugi” iborasining qisqartmasi hisoblanadi. Deyarli yigirma yil davomida Kriştianu Ronaldu Messining uşbu maqom uçun asosiy raqibi sifatida körilgan.
Argentinalik futbolçining özi esa ilgari özini boşqa buyuk futbolçilardan ustun qöyiş haqidagi bahslardan qoçib kelgan. Şu sababli, uning rasmiy sahifasida joylaştirilgan videoda bunday iboraning paydo bölişi muxlislar örtasida qizğin bahs-munozaralarga sabab böldi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaşini rasman elon qilgan edi.