Rahmonaliyev jamoasi YeÇLdagi uy öyinlarini Ozarbayjondagi eng katta stadionida ötkazadi
Ozarbayjon çempioni “Sabah” 2026-2027 yilgi Çempionlar ligasining liga bosqiçidagi uy uçraşuvlarini Baku Olimpiya stadionida ötkazadi. Bu malumot UEFA rasmiy saytida ham tasdiqlangan.
“Boyquşlar” liga bosqiçidagi törtta raqibini Bakuda qabul qiladi. Jamoa öz uyida joriy yilning 13 oktyabr kuni “Slaviya” (Çexiya), 20 oktyabr kuni “Borussiya Dortmund” (Germaniya), 25 noyabr kuni “Barselona” (Ispaniya) va 20 yanvar kuni “Napoli” (Italiya)ga qarşi maydonga tuşadi.
Qolgan törtta uçraşuvni “Sabah” safarda ötkazadi. Jumladan, Ozarbayjon klubi joriy yilning 10 sentyabr kuni “Mançester Yunayted” (Angliya), 4 noyabr kuni “Viking” (Norvegiya), 8 dekabr kuni “Vilyarreal” (Ispaniya) va 27 yanvar kuni “Arsenal” (Angliya) bilan bahs olib boradi.
Malumot usun, “Sabah” safida Özbekiston milliy terma jamoasi azosi Umarali Rahmonaliyev töp tepadi. Klub joriy mavsum Çempionlar ligasining liga bosqiçida öz tarixida ilk bor iştirok etmoqda. Jamoaga litvalik mutaxassis Valdas Dambrauskas boş murabbiylik qilmoqda.