Nyu-Yorkda Infantinoni lavozimidan çetlatişga çaqiruvçi banner paydo böldi
Nyu-York şahridagi Tayms-skver maydonida FIFA prezidenti Janni Infantinoni lavozimidan çetlatişga çaqiruvçi banner paydo böldi.
Reklama ekranida navbatma-navbat “Futbol konfederatsiyalari, Infantinoni çetlating” va “FIFA dilerga emas, yetakçiga munosib” degan yozuvlar, şuningdek, #InfantinoOut xeştegi namoyiş etildi.
Aktsiya taşkilotçilari özlarini futbol muxlislari nomidan harakat qilayotganini bildirib, Infantinoni xalqaro futbol huquqlarini xususiy investorlarga berişga urinişda aybladi. Ular muxlislarni Infantinoning turnir va uçraşuvlardagi iştirokiga qarşi norozilik bildirişga hamda FIFA tadbirlarini boykot qilişga çaqirdi.
Noroziliklar FIFA’ning “FIFA Forward Enterprise” loyihasi atrofidagi mojarodan keyin kuçaydi. Uşbu reja doirasida yangi tijoriy kompaniyaning 20 foizlik uluşini xususiy investorlarga sotiş orqali taxminan 4,2 milliard dollar jalb qiliş közda tutilgan edi. Biroq UEFA va boşqa futbol taşkilotlarining keskin qarşiligidan söng FIFA loyihani bekor qildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq FIFA Londonda joylaşgan “Ten Toes Media” marketing agentligi bilan Janni Infantinoning obrösini himoya qilişi uçun 2,7 million yevrolik şartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.