UEFA Infantinoni sudga berişi mumkin
Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) FIFA prezidenti Janni Infantinoni sudga beriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda “Financial Times” naşri xabar berdi.
Malum qilinişiça, UEFA Infantinoga rasmiy xat yöllab, FIFA’ning tijorat huquqlarini sotiş rejasiga oid barça hujjat va materiallarni saqlab qolişni talab qilgan.
“UEFA FIFA’ning tijorat huquqlarini sotiş rejasi munosabati bilan sud davosi qözğatiş, arbitraj işlarini boşlaş yoki tartibga soluvçi organlarga murojaat qiliş imkoniyatini faol körib çiqayotganini rasman malum qiladi. Şu munosabat bilan siz uşbu işga daxldor barça hujjat va materiallarni zudlik bilan aniqlab, saqlaş çoralarini körişingiz şart. Uşbu bildirişnomadan keyin tegişli materiallarni yöq qiliş, öçiriş, yaşiriş yoki yöqolişiga yöl qöyiş – dalillarni yöq qiliş sifatida baholanişi mumkin”, deyiladi UEFA yöllagan xatda.
Avallroq, FIFA yangi taşkil etilgan kompaniyaning taxminan 20 foiz uluşini xususiy investorlarga sotiş orqali 4,2 milliard dollar jalb qiliş rejasini elon qildi. Mazkur kompaniya FIFA’ning ommaviy axborot vositalari va tijorat huquqlarini, jumladan, Jahon çempionatiga oid huquqlarni boşqarişi rejalaştirilgan edi.
OAVlarining malumotlariga köra, uşbu aktsiyalarni AQŞ Prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kuşnerning ukasi Joşua Kuşnerga tegişli investitsiya jamğarmasi sotib olişi mumkin edi.
Biroq UEFA taklif töliq bekor qilinmagunça, barça azo assotsiatsiyalarga FIFA musobaqalarini boykot qilişni tavsiya qildi. Joriy yilning 1 avgust kuni keçqurun esa Infantino FIFA tijorat huquqlarining bir qismini sotiş rejasidan voz keçganini malum qildi.