USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nursulton Röziboyev UFC’da “Venom”ga yutqazdi

167 марта
Нурсултон Рўзибоев UFC’да “Веном”га ютқазди

Frantsiya poytaxti Parijda ötkazilgan UFC Fight Night turnirida özbekistonlik aralaş yakkakuraş (MMA) jangçisi Nursulton Röziboyev navbatdagi jangini ötkazdi. Uşbu töqnaşuvda unga britaniyalik Maykl “Venom” Peyj raqiblik qildi.

Örta vazn toifasida taşkil etilgan va 3 raundga möljallangan reyting jangi töliq davom etdi. Birinçi raundning ilk soniyalaridayoq Röziboyev raqibini parterga olib ötdi va raund oxirigaça uni nazorat ostida uşlab turdi. Ikkinçi raundda jangçilar asosan tik turgan holatda harakat qildi. Biroq har ikkala sportçining kuçli zarbalari nişonga aniq tegmadi. Uçinçi raundda Peyj nisbatan faolroq böldi va yakunda barça hakamlar 29:28 hisobida ğalabani britaniyalik sportçiga berdi.

Bu mağlubiyat özbekistonlik jangçi uçun MMA karerasidagi 9-mağlubiyat böldi (uning hisobida, şuningdek, 37 ta ğalaba va 2 ta durang bor). Şu tariqa, Röziboyev promouşendagi yettinçi jangida imkoniyatni boy berdi. Endilikda uning UFC’dagi körsatkiçlari 5 ta ğalaba va 2 ta mağlubiyatni taşkil etmoqda.

39 yoşli Peyj UFC’da 2024 yil 9 martdan beri iştirok etib kelmoqda. Promouşenda u 5 ta ğalaba va 1 ta mağlubiyat qayd etgan. U özining oxirgi jangini 2026 yil 21 mart kuni Sem Pattersonga qarşi ötkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan ğalaba qozongan edi. Uning MMA’dagi rekordi 26 ta ğalaba va 3 ta mağlubiyatdan iborat.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: