Özbekiston MTJ futbolçisi yangi jamoaga ötdi
Özbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyaçisi Aziz Ğaniyev faoliyatini Birlaşgan Arab Amirliklarining “Baniyas” klubida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
BAA klubi 28 yoşli futbolçi bilan şartnoma imzolaganini rasman elon qildi. Kelişuv klub boşqaruv kengaşi azosi Ahmad Al Jabriy iştirokida rasmiylaştirilgan.
Ğaniyev uçun “Baniyas” BAAdagi uçinçi klub böladi. U bunga qadar “Şabab Al-Ahli” va “Al-Bataeh” jamoalari şarafini himoya qilgan. Ötgan mavsumda futbolçi BAA çempionatida 25 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan.
Qayd etiş joizki, “Baniyas” safida avvalroq yana ikki nafar özbekistonlik futbolçi – Otabek Şukurov va Akmal Mozgovoy ham faoliyat olib borgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston milliy terma jamoasi va Samarqandning “Dinamo” klubi himoyaçisi Jahongir Örozov Rossiyaning “Rubin” klubiga ötgandi.