Benzema qaysi jamoaga ötişni istagani malum böldi
Frantsiyaning “Lion” klubi rahbariyati şu yozda jamoa tarbiyalanuvçisi Karim Benzemani qaytariş imkoniyatini körib çiqqan. Bu haqda “L’Équipe” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, 38 yoşli hujumçi ham “Lion”da yana bir mavsum ötkaziş ğoyasiga juda qiziqqan va hatto maoş olmasdan öynaşga tayyor bölgan.
Biroq öşa vaqtda Benzema “Al-Hilol” bilan şartnomasini hali bekor qilmagan edi. Joriy yilning 31 avgust kuni tomonlar kelişuvni muddatidan oldin bekor qildi va frantsuz futbolçisi erkin agentga aylandi.
Şu bilan birga, Benzema 2030 yilga qadar Saudiya Pro ligasining elçisi bölib qoladi. “L’Équipe” malumotlariga köra, uning imij şartnomasi Saudiyadan taşqaridagi çempionatda faoliyatini davom ettirişiga tösqinlik qilmoqda. Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondi (PIF) bilan boğliq bunday şartnomaga ega yulduzlarga boşqa mamlakat çempionatlarida öynaşga ruxsat beriş masalasi juda murakkab.
Şu sababli Benzemaning futbolçilik faoliyatini yakunlaşi ehtimoli tobora kuçaymoqda. Agar kutilmagan özgariş bölmasa, “Lion”ga qaytiş rejasi amalga oşmasligi mumkin.
Eslatib ötamiz, Benzema 2026 yil fevral oyida “Al-Hilol”ga ötgan va jamoa safida 16 ta uçraşuvda 10 ta gol hamda 5 ta golli uzatma qayd etgan.