Istanbul derbisida fojia yuz berdi
Joriy yilning 5 sentyabr kuni Turkiya Superligasining 4-turidan örin olgan “Fenerbahçe” – “Beşiktoş” derbisida fojiali voqea yuz berdi. Bu haqda “Haberturk” naşri xabar berdi.
Uçraşuvning ikkinçi bölimida “Fenerbahçe” muxlisi Yaşar Gerçek tribunada yurak xurujiga uçradi. Muxlisga voqea joyida tibbiy yordam körsatilib, keyin şifoxonaga olib ketilgan. Biroq şifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.
Fojiali voqeadan söng har ikki klub ham marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. “Fenerbahçe” Yaşar Gerçekning vafotidan çuqur qayğuda ekanini bildirgan bölsa, “Beşiktoş” ham uning oilasi, yaqinlari va “Fenerbahçe” jamoasiga taziya bildirgan.
Qayd etiş joiz, derbida “Beşiktoş” 2:1 hisobida ğalaba qozongan.
Malumot uçun, Turkiya Superligasida ayni payda “Galatasaroy” 10 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda Eldor Şomurodov va Abbos Fayzullayev töp tepadigan “Istanbul Başakşehir” 4 oçko bilan 10-poğonada bormoqda.