Bugun Çempionlar ligasining yangi mavsumi start oladi
Bugun, 8 sentyabr kuni Yevropa klublarining eng nufuzli musobaqasi – UEFA Çempionlar ligasining 2026-2027 yilgi mavsumi start oladi. Yangi mavsumning liga bosqiçi birinçi tur uçraşuvlari 8-10 sentyabr kunlari ötkaziladi.
Musobaqaning birinçi turida 18 ta uçraşuv bölib ötadi. Bugungi bahslar orasida “Real Madrid” – “Inter”, “Portu” – “Mançester Siti” hamda “Borussiya Dortmund” – “Vilyarreal” uçraşuvlari alohida etiborli.
Ertaga, 9 sentyabr kuni esa “Barselona” öz maydonida “Feyenoord”ni qabul qiladi, PSJ “Slovan Bratislava” bilan, “Liverpul” esa “Atletiko Madrid” bilan kuç sinaşadi.
Bu mavsum Çempionlar ligasida 36 ta jamoa iştirok etadi. Har bir klub liga bosqiçida sakkiztadan uçraşuv ötkazadi – törttasi öz maydonida va törttasi safarda. Liga bosqiçi 2027 yil 27 yanvarda yakunlanadi.
Eslatib ötamiz, mavsum finali 2027 yil 5 iyun kuni Madriddagi “Metropolitano” stadionida bölib ötadi.