Germaniyalik futbolçi jamoadoşini öldirganlikda gumonlanmoqda
Germaniyaning “Rokkenberg” klubida öynagan 35 yoşli Marius Vetts jamoadoşi Filipp Leybigni zaharlab öldirganlikda gumonlanib, hibsga olindi. Bu haqda “The Sun” naşri xabar berdi.
Hodisa 2025 yil iyun oyida “Rokkenberg” jamoasining Drezdenga safari vaqtida sodir bölgan. 30 yoşli Filipp Leybig safar davomida özini yomon his qilgan va uyga qaytgaç, uning ahvoli keskin yomonlaşgan. U 2025 yil 16 iyun kuni şifoxonada vafot etgan. Keyinçalik futbolçining ölimi zaharlaniş oqibatida yuzaga kelgan sepsis va köp azolar yetişmovçiligi bilan boğliq ekani aniqlangan.
Dastlab tergovçilar futbolçining jamoa safari vaqtida istemol qilgan baliqdan zaharlangan bölişi mumkinligini taxmin qilgan. Biroq keyinçalik gumonlar Marius Vettsga nisbatan kuçaygan. U joriy yilning 1 sentyabr kuni, töyiga ikki hafta qolganida hibsga olingan.
Boş prokuror Tomas Xaubergerning bildirişiça, tergovçilar jinoyat motivi qasos bölgan deb hisoblamoqda. Ayrim Germaniya ommaviy axborot vositalarida ikki futbolçi örtasida bir ayol tufayli avvaldan nizo bölgani haqida malumotlar tarqalgan, ammo bu malumot hozirça rasman tasdiqlanmagan.
Gumonlanuvçi hozirça hibsda qolmoqda va unga qöyilgan ayblovlar yuzasidan izoh bermagan. Tergov davom etmoqda.
Malumot uçun, “Rokkenberg” – Germaniyaning Gessen federal ştatida joylaşgan Rokkenberg kommunasining tarixiy havaskor sport va futbol klubi. 1912 yilda universal sport jamiyati sifatida taşkil etilgan uşbu klubning futbol bölimi 1922 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Ananaviy yaşil-oq ranglarni himoya qiluvçi “Rokkenberg” jamoasi Germaniya futbol ligalari tizimining havaskorlar darajasidagi “Kreisliga A (Friedberg)” musobaqasida iştirok etadi va öz uy öyinlarini mahalliy sport maydonida ötkazadi.