Frantsiya FF Infantinoni qöllab-quvvatlaşdan voz keçadi
Frantsiya futbol federatsiyasi (FFF) bölajak FIFA prezidenti saylovida amaldagi prezident Janni Infantino nomzodini qöllab-quvvatlaşdan voz keçadi. Bu haqda masaladan xabardor manbaga tayanib, “Agence France-Presse” xabar berdi.
Malum qilinişiça, federatsiyaning qarori bugun, 10 sentyabr kuni tuşdan keyin ijroiya qömitasi yiğilişi yakunlanganidan söng elon qilinadi.
Joriy yilning iyul oyida Infantino FIFA’ning asosiy erkaklar va ayollar musobaqalarini nazorat qiladigan kompaniya taşkil etişni rejalaştirayotgani malum bölgan edi. Uning fikriça, FIFA Forward Enterprise kompaniyasining taşkil etilişi FIFA azo assotsiatsiyalarining daromadlarini oşirişi va butun dunyoda futbol rivojiga hissa qöşişi mumkin edi.
FIFA mazkur sxema orqali 4,2 milliard dollar mablağ jalb qilinişi mumkinligini bildirgan. Biroq taşabbus amaldorlar, federatsiyalar va boşqa taşkilotlar tomonidan keng tanqid qilindi va qoralandi.
Xususan, Infantinoning taklifi UEFA, KONKAKAF, OFK va CONMEBOL tomonidan rad etildi. Keyinçalik Afrika futbol konfederatsiyasi, Argentina futbol assotsiatsiyasi va qator boşqa milliy federatsiyalar Infantinoni qöllab-quvvatlaşini malum qildi.
Malumot uçun, 56 yoşli Infantino 2016 yil fevral oyida ötkazilgan navbatdan taşqari kongressda FIFA prezidenti etib saylangan. Keyinçalik u ikki marta raqobatsiz tarzda qayta saylandi.
FIFA prezidentining navbatdagi saylovi 2027 yil mart oyida bölib ötadi. Nomzodlarni taqdim etişning sönggi muddati joriy yilning 18 noyabr etib belgilangan.