Bugun Rahmonaliyev ÇLda debyut qilişi mumkin
Bugun, 10 sentyabr kuni Özbekiston milliy terma jamoasi futbolçi Umarali Rahmonaliyev faoliyatida ilk bor Çempionlar ligasi bahsida maydonga tuşişi mumkin.
Rahmonaliyev töp tepadigan Ozarbayjonning “Sabax” klubi musobaqaning umumiy bosqiçi 1-turida safarda Angliyaning “Mançester Yunayted” jamoasiga qarşi bahs olib boradi. Uçraşuv “Old Trafford” stadionida Toşkent vaqti bilan 23:55 da boşlanadi.
Malumot uçun, Umarali Rahmonaliyev 2025 yildan buyon “Sabax” şarafini himoya qilib kelmoqda. 2026 yil yanvar oyida Ozarbayjon klubi futbolçining transferini “Rubin”dan töliq sotib olgan. Agar 23 yoşli yarim himoyaçi bugun maydonga tuşsa, bu uning uçun Çempionlar ligasidagi ilk uçraşuv böladi.
Şuningdek, bugun, 10 sentyabr kuni “Fenerbahçe” – “Roma”, “Komo” – “Leyptsig”, “Bavariya” – “Bude-Glimt” kabi bahslar bölib ötadi.
Hozirga qadar yakuniga yetgan uçraşuvlardan söng Frantsiyaning PSJ jamoasi 5 plyus töplar farqi bilan turnir jadvalida yetakçilik qilmoqda.