Diomande “Real”dagi öyin amaliyotidan norozi bölmoqda – OAV
“Real Madrid” jamoasi yarim himoyaçisi Yan Diomande jamoadagi öyin vaqti çeklanganidan norozi bölmoqda. Bu haqda “OkDiario” xabar berdi.
Manbaga köra, kot-d’Ivuarlik futbolçi yangi klubida muhimroq rol öynaşni kutgan va mavsum boşida zaxirada qolişini istamagan. Biroq “Real Madrid” Diomandeni sabrli bölişga çaqirmoqda.
19 yoşli qanot futbolçisi “Los Blankos” safida barça musobaqalarda beşta uçraşuvda maydonga tuşgan. Ammo uning umumiy öyin vaqti atigi 94 daqiqani taşkil etmoqda. Diomande hali gol urişga muvaffaq bölmagan.
Eslatib ötamiz, “Real Madrid” joriy yil yozda Diomandeni “RB Leyptsig”dan 125 million yevro va yana 15 million yevro bonus evaziga transfer qilgandi. Hozirda Diomandening transferi “Real Madrid” tarixidagi eng qimmat xarid bölib turibdi.