FIFA Alvares bilan boğliq voqeadan söng qoidalarni özgartiradi – OAV
Argentinalik hujumçi Xulian Alvaresni “Barselona”ga amalga oşmagan transferi yuzasidan vujudga kelgan holat sabab endi FIFA futbolçilarning jamoalar bilan tuzadigan şartnoma qoidalarini özgartirmoqçi. Bu haqda “Sport.es” naşri xabar berdi.
Naşrning xabar berişiça, FIFA kelasi yil 1 yanvardan boşlab şartnomalarni bekor qilişni tartibga soluvçi 17-moddaga özgartiş kiritmoqçi. Yangi qoidalar kuçga kirgaç, amaldagi şartnomalar ham ularga moslaştirilişi kerak böladi.
Özgarişlardan asosiy maqsad – şartnomani bekor qilişni istamagan tomonning kelişuvni bloklaş uçun haddan taşqari yuqori kompensatsiya talab qilişining oldini oliş.
Qoidalar futbolçining jamoani tark etiş istagiga qaramay muzokaralardan boş tortiş yoki haddan taşqari yuqori tovon puli sababli transferlarning amalga oşmay qolişi kabi holatlardan keyin qayta körib çiqilmoqda.
FIFA 17-moddani qayta işlab, şartnomani bekor qiliş holatida tomonlar oldindan kompensatsiya miqdorini belgilab olişini nazarda tutmoqda.
Yangi qoidalar ikki xil holatni qamrab oladi: şartnomada tovon puli belgilangan va bunday band mavjud bölmagan holatlar.
Birinçi holatda kompensatsiya miqdori şartnomada kelişilgan summaga teng böladi. Biroq bu summa oçiq-oydin haddan taşqari yuqori yoki adolatsiz deb topilsa, unga qayta baho berilişi mumkin.
Ikkinçi holatda esa kompensatsiya miqdori bir qator mezonlar asosida aniqlanadi. Bunda şartnomaning qolgan qiymati, futbolçining maoşi, transfer sababli yuzaga kelgan moliyaviy yöqotişlar, yangi futbolçi topiş xarajatlari va isbotlangan boşqa zararlar hisobga olinadi. FIFA yaqin kunlarda yangi qoidalar böyiça yakuniy tafsilotlarni elon qilişi kutilmoqda.