“Çelsi” egalari klubdagi uluşlarini sotişga yaqin – OAV
Amerikalik milliarderlar Mark Uolter va Todd Bouli Londonning “Çelsi” klubidagi uluşlarini Clearlake Capital investitsiya kompaniyasiga sotiş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda öz manbalarga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Agentlik malumotlariga köra, sönggi haftalarda muzokaralar faollaşgan. Uolter va Bouli ehtimoliy kelişuvdan oz miqdorda foyda olişni kutmoqda.
Clearlake Capital va Bouli 2022 yilda “Çelsi”ni rossiyalik biznesmen Roman Abramoviçdan taxminan 2,5 milliard funt sterlingga sotib olgan konsortsiumga rahbarlik qilgan.
“Bloomberg”ning yozişiça, AQŞ federal hukumatining Uolter kompaniyalariga nisbatan olib borayotgan tekşiruvi uni aktivlarini qayta tuzişga va bir qator bitimlar, jumladan, sport franşizalaridagi uluşlari bilan boğliq kelişuvlar böyiça muzokaralarni jadallaştirişga undagan.
“Çelsi”ning taxminan 61,5 foiz uluşiga egalik qiluvçi Clearlake Capital bir neça yildan beri klubdagi uluşini oşiriş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Biroq avvalgi urinişlar narx böyiça kelişmovçiliklar tufayli muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Malumot uçun, Uolter va Bouli klubni sotib olganidan keyin “Çelsi” Konferentsiyalar ligasi hamda Klublar örtasidagi Jahon çempionatida ğolib çiqdi.