FIFA futbol federatsiyasi 2 sobiq prezidentini umrbod diskvalifikatsiya qildi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Maldiv orollari va Montserrat futbol federatsiyalarining ikki sobiq prezidentini futbol bilan boğliq har qanday faoliyatdan umrbod çetlaştirdi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.
Maldiv orollari futbol assotsiatsiyasining (FAM) sobiq prezidenti Bassam Adil Jalil FIFA’ning COVID-19 yordam dasturidan şaxsiy manfaatlari yölida suiistemol qilgani uçun 1 million Şveytsariya franki (taxminan 1,23 million AQŞ dollari) miqdorida jarimaga tortildi va futbol bilan boğliq barça faoliyatdan çetlaştirildi.
Montserrat futbol assotsiatsiyasining sobiq prezidenti Vinsent Kassell ham şunday jazoga tortildi. U lavozim vakolatlarini suiistemol qiliş, manfaatlar töqnaşuvi, mablağlardan notöğri foydalaniş hamda federatsiya xodimlarining jismoniy va ruhiy salomatligiga tasir qiluvçi xatti-harakatlarda aybdor deb topildi.
Şuningdek, Kassellga ham 1 million Şveytsariya franki miqdorida jarima solindi.