USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Hokimi bor burgutdek”. Şuhrat Abdurahmonov uluğlandi

122 марта
“Ҳокими бор бургутдек”. Шуҳрат Абдураҳмонов улуғланди

Joriy yilning 10 sentyabr kuni “Andijon” futbol klubi muxlislari jamoasining “Qöqon-1912”ga qarşi öyini paytida viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonovni uluğlovçi bannerni namoyiş qildi.

Andijonning “Bobur Arena” stadionida bölib ötgan bahsda “burgutlar” “Qöqon-1912” jamoasini Rustam Turdimurodov va Imeda Aşortiyaning gollari evaziga 2:1 hisobida mağlubiyatga uçratdi.

Öyin avvalida namoyiş qilingan bannerda “Hokimi bor burgutdek, futbol bölar doimo” hamda “Hokim buva, siz bor, biz bor, doim böling soğ-omon” degan imperialistik ruhdagi yozuvlar aks etgan. Unda burgut tasviri ham joylaştirilgan bölib, u Andijon futbolining ramziy qiyofasi sifatida talqin qilingan.

Umuman olganda, bu Andijon hokimining birinçi marta katta etibor markaziga tuşişi emas. Bir qarasa viloyat hokimligi matbuot xizmati Abdurahmonovning bir oilaga xonadon sovğa qilayotgani aks etgan videoni ommatan tarqatsa, boşqa bir holatda esa milliylikni tarğib qiliş deb izohlangan “Andijon polkasi” raqsiga tuşiş majburiy etilayotgani haqida xabarlar paydo böladi. Hokimlik axborot xizmati piarni yaxşi uddalaydi. Biroq hokim janoblari salbiy qabul qilinadigan holatlarda ham köp etibor markaziga çiqqan.

Masalan, 2024 yilda Andijonning Xonabod tumanida bölib ötgan “Dunyo sadolari” festivaliga kirolmagan jurnalistlar bilan boğliq vaziyat köpçilikning yodida bölsa kerak. Öşanda hokim Şuhrat Abdurahmonovning “mening gaplarimdan kavak qidirmalaring, qöllaringdan balo ham kelmaydi”, degan gapni OAV vakillariga aytgani iddao qilingan videolar tarqalgan edi.

Şuningdek, joriy yilda yoşlar kuni munosabati bilan viloyat hokimligi yoşlar uçun kontsert tadbirini taşkil etgandi. Unda bir qança maşhurlar qatorida MDH mamlakatlari orasida “Dom-2” realiti televizion şousi orqali tanilgan rossiyalik teleboşlovçi va bloger Viktoriya Bonya ham kontsertga taşrif buyugandi.

Qayd etilişiça, Axloqsiz şou orqali tanilgan bu “yulduzça”ni Abdurahmonovning özi taklif qilgan. Buni Bonyaning Instagram ijtimoiy tarmoğiga joylagan viloyat hokimi bilan tuşgan suratidan biliş mumkin. Suratda Abdurahmonov janoblarining Bonya xonimga bir dasta gullar hadya qilgani tasvirlangan bölib, uning izohida bloger tomonidan kontsertga taklif etgani uçun Şuhrat Abdurahmonovga rahmat aytilgan. Bu surat ham jamoatçilik muhokamasiga sabab bölgandi.

Şuhrat Abdurahmonov nafaqat Andijon viloyati balki “Andijon” klubi rahbari ekanligi avvaldan malum. U viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti sifatida ham faoliyat yuradi. Xususan, klub muxlislari bilan ötkazilgan uçraşuvlarda viloyat rahbari jamoani qöllab-quvvatlaşini bildirib kelgan.

Bunga oid misollardan biri 2023 yilda kuzatilgan edi. “Andijon” klubi Superliganing 17-turida “Olimpik”ni 2:1 hisobida mağlub etganidan söng Abdurahmonov stadionda futbolçilar bilan ğalabani nişonlagan. Öşa uçraşuvdan keyin u futbolçilarga maxsus sovğalar berişini aytgan. Xususan, ğalaba goli muallifi Rubin Hebayga “tila tilagingni” degandek, istalgan avtomaşinani tanlaşini bildirgandi. Biroq qolgan futbolçilar qanday maxsus sovğaga ega bölgani oçiqlanmagan.

Şuningdek, 2025 yilgi Özbekiston Kubogidagi ğalabasidan keyin Şuhrat Abdurahmonov “Andijon” jamoasining kelgusi mavsumda çempionlik uçun kuraşişini bildirgandi. Aytganda ham, çempionlikni vada qilgandi.

“Kelasi yil, vada beraman, Xudo xohlasa şunday jamoa qilamizki, “Andijon” çempion böladi”, degandi hokim buva klub muxlislariga.

Malumot uçun, joriy mavsum boşida ham “Andijon” jamoasi mavsumda çempionlik uçun kuraşişini malum qilib, boş murabbiylik lavozimiga Sanvel Babayanni olib kelgandi. Biroq ketma-ket mağlubiyatlardan söng mutaxassis 9 turdan söng istefoga çiqarildi. Hozirda “burgutlar” Islom Ahmedov qöl ostida Superliga turnir jadvalida 30 oçko jamğargan holda 8-örinda bormoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: