Bugun “Neftçi” va “Paxtakor” Elit OÇLdagi iştirokini boşlaydi
Bugun, 14 sentyabr kuni Elit Osiyo Çempionlar ligasi 2026-2027 yilgi mavsum start oladi. Kun doirasida Özbekistonning ikki klubi “Neftçi” va “Paxtakor” ham öz uçraşuvlarini ötkazadi.
Amaldagi Özbekiston çempioni “Neftçi” öz maydonida Iroqning “Eyr Fors” jamoasini qabul qiladi. Farğonada bölib ötadigan uçraşuv soat 18:45 da start oladi.
“Neftçi” musobaqada öz maydonidagi bahsdan unumli foydalanib, muxlislari qarşisida muhim oçkolarni qölga kiritişga harakat qiladi.
“Bu musobaqada omadli raqibning özi yöq. OÇLga öz mamlakatining eng yaxşi jamoalari çiqadi. “Eyr Fors” olti karra Iroq çempioni. Töğri, ular mavsumni yaxşi boşlay olmaydi. Lekin bizning vazifamiz raqibning muammosini muhokama qiliş emas. Biz öz öyinimizga etibor qaratamiz. Raqib kim bölişidan qati nazar. Oldimizga qöygan vazifani bajarişimiz kerak. Vazifamiz esa tezlik va yuqori pressingli vertikal futbol namoyiş etiş. Osiyo darajasida raqobat qiliş uçun aynan şunday öyin uslubi kerak böladi. Raqib kim bölişidan qatiy nazar ularga bir xil nazar bilan qaraymiz”, deydi “Neftçi” jamoasi boş murabbiyi Islom Ismoilov öyin oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida.
Özbekistonning amaldagi Kubok sohibi “Paxtakor” esa bugun, 14 sentyabr kuni safarda maydonga tuşadi. Toşkentliklar Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubiga qarşi bahs olib boradi. Uçraşuv soat Toşkent vaqti bilan 23:15 da boşlanişi belgilangan.
“Biz musobaqaning guruh bosqiçini boşlayotganimizdan xursandmiz. Jiddaga uzoq parvoz bilan yetib keldik. Jamoamiz öyinga yaxşi tayyorlandi. “Al Ahli”ning kuçli klub ekanini bilamiz. Ularning safida yuqori saviyali futbolçilar köp. Şunga qaramay, yaxşi öyin namoyiş etişga intilamiz. Bir maqsad sari yakdil jamoaga aylanamiz. Ijobiy natijaga erişiş uçun harakat qilamiz”, deydi “şerlar”ning OÇLdagi boş murabbiyi Emilian Karas.
Eslatib ötamiz, Özbekistonning har ikki klubi “Neftçi” va “Paxtakor” ham Kriştianu Ronaldu yetakçiligidagi “Al Nasr” bilan bahs olib boradi. Farğona jamoasi joriy yilning 12 oktyabr kuni safarda Saudiya klubi mehmoni bölsa, Kriştianu Ronaldu va uning jamoasi joriy yilning 2 noyabr kuni Toşkentga keladi.