20 yoşli talaba qiz yarim marafondan söng vafot etdi
Kolumbiya vitse-prezidenti öğlining sevgilisi yarim marafonda iştirok etganidan söng vafot etdi. Yuguriş musobaqasi ketayotgan bir paytda uning yuragi uç marta töxtab qolgan. Bu haqda joriy yilning 10 sentyabr kuni Britaniyaning “Need To Know” portali xabar berdi.
“Xuliana Avilaning oilasiga, vitse-prezidentimizga, uning öğli Xulianga va ularning barça yaqinlariga uşbu oğriqli va kutilmagan yöqotiş munosabati bilan çuqur hamdardlik bildiraman”, deydi mamlakat Prezidenti Abelardo de la Esprielya.
Fojia joriy yilning 6 sentyabr kuni 30 mingdan ortiq kişi iştirok etgan Medelin marafoni paytida yuz bergan. Musobaqa davomida biotibbiyot muhandisligi fakultetining 20 yoşli talabasi Xuliana Avila Sauda masofada tösatdan huşini yöqotgan.
Qiz zudlik bilan Medelinning markaziy şifoxonasiga yotqizilgan. U yerda şifokorlar yurak töxtaşidan söng uni uç marta jonlantririşga muvaffaq bölgan, biroq ertasi kuni u vafot etgan. Mahalliy hokimiyat organlarining bildirişiça, ölimning aniq sababi hali malum emas. Şu bilan birga, uşbu holat oxirgi sakkiz yil içida mazkur musobaqalarda qayd etilgan törtinçi ölim holati bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistonda bölib ötgan marafonda ikki sportçi vafot etgan edi.