USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Portugaliyalik futbolçi öyin payti vafot etdi

206 марта
Португалиялик футболчи ўйин пайти вафот этди

Portugaliyaning “Real Massama” klubi yarim himoyaçisi Kevin Kastro örtoqlik uçraşuvi vaqtida maydonda huşidan ketib, vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Malumotlarga köra, Kastro joriy yilning 22 avgust kuni “Eştrela da Amadora”ga qarşi örtoqlik uçraşuvining 10-daqiqasida maydonda huşidan ketgan. Ikki jamoaning tibbiy xodimlari zudlik bilan reanimatsiya işlarini boşlagan, jumladan, defibrillyatordan foydalangan. Biroq ularning urinişlari samara bermagan.
Futbolçi şifoxonaga olib ketilgan, ammo uning hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan.

“Kevin Kastro şunçaki futbolçi emas edi. U bizning oilamizning bir qismi edi va uni maydonda ham, undan taşqarida ham taniş şarafiga muyassar bölgan har bir inson qalbida iz qoldirdi. Uşbu oğir qayğu paytida “Real Massama” futbol klubi Kevin Kastroning oilasi va barça yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi klub bayonotida.

“Eştrela da Amadora” klubi ham Kastroning oilasi va “Real Massama” jamoasiga hamdardlik bildirgan.

Malumot uçun, 25 yoşli Kastro futbolçilik faoliyatini Lissabonning “Sporting” klubida boşlagan. Keyinçalik Angliyaga köçib ötgan va “Vest Bromviç”, “Berton Albion”, “Notts Kaunti”, “York Siti” kabi jamoalarda töp surgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: