Frantsiyada 20 yoşli regbiçi maşğulot vaqtida vafot etdi
Frantsiyaning “Beze” klubi akademiyasida töp surgan janubiy afrikalik regbiçi Lukobo Makvedini maşğulot vaqtida huşidan ketib, 20 yoşida vafot etdi. Bu haqda “L’Equipe” naşri xabar berdi.
Naşr malumotlariga köra, keça, 10 iyul kuni ertalab bölib ötgan maşğulot çoğida sportçi özini yomon his qilgan va huşidan ketgan. U zudlik bilan şifoxonaga yetkazilgan, biroq şifokorlarning say-harakatlariga qaramay, bir neça soatdan söng vafot etgan.
“Çuqur qayğu va oğir yurak bilan yoş öyinçimiz Lukobo (Bibo) Makvedinining fojiali vafoti haqida malum qilamiz”, deyiladi “Beze” klubi tarqatgan bayonotda.
Makvedini 2025 yilda Janubiy Afrika Respublikasidan Frantsiyaga köçib ötib, “Beze” akademiyasiga qöşilgan edi. 11 karra Frantsiya çempioni bölgan klub hozirda mamlakatning ikkinçi divizionida iştirok etmoqda. Bunga qadar u Janubiy Afrika yoşlar terma jamoasi safida öynagan.
Sportçi asosiy jamoa safida rasmiy debyut qilişga ulgurmadi. Biroq “L’Equipe” malumotiga köra, murabbiylar ştabi uni joriy mavsumda professional jamoa tarkibiga jalb etişni rejalaştirgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Malayziyaning Malakka şahrida bölib ötgan örtoqlik uçraşuvi vaqtida futbolçi R. Taneş çaqmoq urişi oqibatida vafot etgandi.