“Neftçi” Elit OÇLni ğalaba bilan boşladi
Bugun, 14 sentyabr kuni Elit Osiyo Çempionlar ligasi 2026-2027 yilgi mavsum start oldi. Kun doirasida Özbekistonning “Neftçi” klubi öz uçraşuvini ötkazdi.
Amaldagi Özbekiston çempioni “Neftçi” öz maydonida Iroqning “Eyr Fors” jamoasini qabul qildi. Farğonada bölib ötgan uçraşuv mezbonlar ustunligida ötdi. Biroq dastlabki bölimda hisrb oçilmadi.
Ikkinçi bölimda ham hujumlarni davom ettirgan “Neftçi” 83-daqiqada öyindagi yagona golni urdi – Zoran Maruşiç boşi bilan aniq zarba yöllab, raqib darvozasini işğol etdi. Şu tariqa jamoa Elit Osiyo Çempionlar ligasi joriy mavsumdagi ilk ğalabasini qölga kiritdi.
Öyinda kiritilgan golni uşbu havola orqali tomoşa qiliş mumkin.
Malumot uçun, amaldagi Özbekiston Kubogi sohibi “Paxtakor” ham bugun, 14 sentyabr kuni safarda maydonga tuşadi. Toşkentliklar Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubiga qarşi bahs olib boradi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 23:15 da boşlanişi belgilangan.