Jeyms Franko filmda Kroyff obrazini gavdalantiradi
Jeyms Franko “Stoiçkov: Bir paytlar Bolgariyada” filmida Yoxan Kroyff obrazini gavdalantiradi. Bu haqda film prodyuserlari malum qildi.
Ularning takidlaşiça, mazkur loyiha Bolgariya kinosi tarixida ikki nafar Gollivud yulduzi – Jeyms Franko va Jim Kevizel bir filmda iştirok etayotgan ilk holat hisoblanadi.
“Oskar” mukofotiga nomzod bölgan Franko filmda jahon futbolidagi eng nufuzli şaxslardan biri bölgan Kroyff obrazini yaratadi. Unda Kroyffning Xristo Stoiçkov uçun Yevropa futbolidagi katta sahnaga yöl oçişdagi roli ham aks ettiriladi.
Jeyms Franko öz avlodining taniqli amerikalik aktyorlaridan biri hisoblanadi. U Denni Boylning “127 soat” filmidagi roli uçun “Eng yaxşi aktyor” nominatsiyasida “Oskar”ga nomzod bölgan. Şuningdek, aktyor ikki marta “Oltin globus” mukofotiga sazovor bölgan.
Frankoning eng maşhur filmlari qatoriga “Örgimçak odam” trilogiyasi, “Milk”, “Ananas ekspressi” va “Maymunlar sayyorasining yuksalişi” kabi kartinalar kiradi. Filmda Xristo Stoiçkovning futboldagi ilk qadamlaridan tortib, “Barselona”dagi muvaffaqiyatlari, “Oltin töp”ni qölga kiritişi va 1994 yilda AQŞda ötkazilgan Jahon çempionatidagi iştirokigiça bölgan faoliyati hikoya qilinadi.