Kriştianu Ronaldu “Al-Nasr”ni sotib olişi mumkin – OAV
Beş karra “Oltin töp” sohibi, portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu hozirda özi töp surayotgan Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubini sotib olişi mumkin. Bu haqda DAZN Portugal naşri xabar berdi.
Manbaga köra, Ronaldu yana tört nafar investor bilan birgalikda klubni sotib oliş böyiça taklif tayyorlamoqda. Har bir investor kamida 92 million yevro miqdorida mablağ sarmoya kiritişi kutilmoqda.
41 yoşli Ronaldu faoliyati davomida beş marta Çempionlar ligasida, bir marta Yevropa çempionatida va ikki marta Millatlar ligasida ğolib çiqqan.
Portugaliyalik futbolçi terma jamoalar, Yevropa çempionatlari, Çempionlar ligasi va Klublar örtasidagi jahon çempionati tarixida eng köp gol urgan futbolçi hisoblanadi.
Malumot uçun, Ronaldu 2022 yil dekabr oyidan buyon “Al-Nasr” safida töp surmoqda. U faoliyati davomida şuningdek, “Sporting”, “Mançester Yunayted”, “Real Madrid” va “Yuventus” klublarida ham öynagan.