USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xames Rodriges terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

45 марта
Хамес Родригес терма жамоадаги фаолиятини якунлади

2014 yilgi Jahon çempionatining eng yaxşi töpurari Xames Rodriges Kolumbiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda futbolçi özining Instagram sahifasida malum qildi.

“Har bir öyin, har bir quvonç, har bir köz yoşi va birgalikdagi har bir baxt uçun rahmat. Kolumbiya terma jamoasi ranglarini himoya qiliş hayotimdagi eng katta şaraflardan biri böldi”,  deb yozdi Rodriges.

35 yoşli futbolçi ayni vaqtda Kolumbiyaning “Atletiko Nasonal” klubida töp tepmoqda. Yevropada esa u Ispaniyaning “Real Madrid” va “Rayo Valekano”, Angliyaning “Everton”, Germaniyaning “Bavariya”, Frantsiyaning “Monako” hamda Portugaliyaning “Portu” klublarida öynagan.

Rodriges “Real Madrid” bilan ikki marta La Liga, Çempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va FIFA klublar örtasidagi Jahon çempionatida ğolib çiqqan. 

“Bavariya” bilan ikki marta Germaniya çempioni bölgan bölsa, “Portu” safida uç marta içki çempionatda va Yevropa Ligasida ğoliblikni qölga kiritgan.

Malumot uçun, Rodriges Kolumbiya terma jamoasi safida 131 ta uçraşuv ötkazgan. Bu körsatkiç böyiça u darvozabon David Ospina bilan birgalikda milliy jamoa tarixidagi eng köp öyin ötkazgan futbolçilardan biri hisoblanadi. Yarim himoyaçi terma jamoa safida 31 ta gol urgan.

U 2024 yilgi Amerika Kubogida kumuş, 2016 yilgi musobaqada esa bronza medalini qölga kiritgan. 2024 yil jahon çempionatida Xames Rodriges turnirning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: