Ronaldu “Al-Nasr”ni tark etişi mumkin – OAV
Portugaliyalik futbolçi Kriştianu Ronaldu 2027 yil yanvar oyida Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubini tark etişi mumkin. Bu haqda saudiyalik jurnalist Saud Al-Sarami malum qildi.
“Men Ronaldu yanvar oyida “Al-Nasr”ni tark etişiga işonaman”, deydi saudiyalik jurnalist Saud As-Sarami.
41 yoşli hujumçining faoliyatini qaysi klubda davom ettirişi malum emas. Hozirça bu faqat jurnalistning şaxsiy fikri bölib, Ronalduning klubdan ketişi yoki boşqa jamoaga ötişi böyiça kelişuv mavjudligini tasdiqlamaydi.
Mazkur xabar Saudiya klubi uçun murakkab davrga töğri keldi. Joriy yilning 15 sentyabr kuni “Al-Nasr” Osiyo çempionlar ligasidagi mavsumni “Al-Ayn”ga qarşi safar uçraşuvida 0:4 hisobidagi mağlubiyat bilan boşladi. Ronaldu bahsda maydonga tuşdi, ammo gol ura olmadi.
Ronalduning yanvar oyida klubni tark etişi ehtimoli “Al-Nasr” uçun jiddiy masala bölişi mumkin. Çunki portugaliyalik hujumçining klub bilan amaldagi şartnomasi 2027 yilning yoziga qadar möljallangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kriştianu Ronaldu hozirda özi töp surayotgan Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubini sotib olişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.