USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Osiyo öyinlari. Bugun Özbekiston Quvaytga qarşi öynaydi

162 марта
Осиё ўйинлари. Бугун Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйнайди

Bugun, 18 sentyabr kuni Özbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo öyinlaridagi ikkinçi uçraşuvini ötkazadi. Ravşan Haydarov boşçiligidagi jamoa guruh bosqiçining 2-turida Quvayt olimpiya terma jamoasiga qarşi bahs olib boradi.

Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 15:00 da start oladi. Özbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqani işonçli boşladi. Jamoa joriy yilning 15 sentyabr kuni birinçi turda Filippinni 5:1 hisobida mağlub etdi. Urinboyev, Saidnurillayev (2 ta), Fayzullayev va Reymovning gollari Özbekistonga yirik ğalabani taminladi.

Quvayt esa birinçi turda Vetnam bilan 1:1 hisobida durang öynadi. Şu sababli hozirda “S” guruhida Özbekiston 3 oçko bilan peşqadam bölib turibdi. Quvayt va Vetnam hisobida 1 oçkodan bor, Filippin esa oçkosiz qolgan.

Bugungi bahs Özbekiston uçun guruhdagi mavqeini mustahkamlaş nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Ğalaba jamoaga 6 oçko jamğariş va keyingi bosqiçga çiqiş uçun qulay imkoniyat yaratişi mumkin.

Osiyo öyinlarida futbol böyiça guruhdan birinçi va ikkinçi örinni egallagan jamoalar çorak finalga yöl oladi. Özbekistonning guruh bosqiçidagi sönggi uçraşuvi joriy yilning 22 sentyabr kuni Vetnamga qarşi ötkaziladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo öyinlari ikkinçi tur doirasida Xitoy bilan 1:1 hisobida durang öynagandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: