Özbekiston Osiyo öyinlarini durang bilan boşladi
Bugun, 14 sentyabr kuni futbol böyiça Özbekiston ayollar milliy terma jamoasi Ayçi va Nagoyada ötkazilayotgan Osiyo öyinlaridagi iştirokini boşladi. Dastlabki turda Kotrina Kalbayt şogirdlari Filippin terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang öynadi.
Uçraşuvdagi dastlabki gol 80-daqiqada urildi. Mehribon Egamberdiyeva Özbekiston terma jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi. Biroq 89-daqiqada Natali Kollinz hisobni tenglaştirdi.
Şu tariqa, har ikki terma jamoa ham bir oçkodan jamğardi.
Endi Özbekiston terma jamoasi joriy yilning 17 sentyabr kuni Xitoy terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Guruh bosqiçidagi sönggi uçraşuv esa 21 sentyabr kuni Gonkongga qarşi bölib ötadi.
Malumot uçun, Ravşan Haydarov boşçiligidagi Özbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo öyinlaridagi iştirokini ertaga, 15 sentyabr kuni Filippin terma jamoasiga qarşi öyin bilan boşlaydi.