Osiyo öyinlarida Janubiy Koreya terma jamoasi uçun KXDR madhiyasi yangradi
Yaponiyaning Ayçi va Nagoya şaharlarida davom etayotgan Osiyo öyinlarida Janubiy Koreya terma jamoasi iştirokidagi uçraşuv oldidan Şimoliy Koreyaning davlat madhiyasi yangradi. Bu haqda “Kyodo” axborot agentligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, voqea Janubiy Koreya erkaklar terma jamoasi va Bangladeş örtasidagi çim ustida xokkey uçraşuvi boşlanişidan oldin sodir bölgan. Öyin Janubiy Koreya terma jamoasining 5:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan.
Bu Osiyo öyinlarida Janubiy Koreya bilan boğliq birinçi bahsli holat emas. Avvalroq, mamlakat Olimpiya qömitasi musobaqa taşkilotçilariga rasmiy şikoyat bilan murojaat qilgan edi. Bunga Osiyo öyinlarining oçiliş marosimida XVI asrdagi yapon siyosiy va harbiy arbobi Toyotomi Xideyoşiga bağişlangan sahnaning namoyiş etilgani sabab bölgan. Xideyoşi 1592 yilda Yaponiyaning Koreyaga bosqiniga rahbarlik qilgan. Janubiy Koreya tomoni oçiliş marosimida bunday tarixiy şaxsdan foydalanilişini haqoratli deb baholagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo öyinlaridagi ikkinçi uçraşuvida Quvayt olimpiya terma jamoasini 2:0 hisobida mağlubiyatga uçratib, muddatidan avval çorak final bosqiçiga çiqdi.