USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kannavaro Özbekistonning Argentina bilan öyini nega bekor qilinganini aytdi

122 марта
Каннаваро Ўзбекистоннинг Аргентина билан ўйини нега бекор қилинганини айтди

Özbekiston milliy terma jamoasining Argentina milliy terma jamoasi bilan öyini Lionel Messi sabab bekor qilingani malum böldi. Bu haqda bugun, 23 sentyabr kuni Özbekiston MTJ boş murabbiyi Fabio Kannavaro Eron MTJga qarşi örtoqlik öyini oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida malum qildi.

“Biz Argentina bilan öynaşga harakat qilganimiz rost. Afsuski, federatsiya (Argentina tomoni – tahr.) sönggi uç hafta içida Argentinada öynaşga qaror qildi, çunki bu Messining sönggi öyini edi va biz Suriyaga qarşi öynaşga majbur böldik. Albatta, Suriyaga qarşi öynaş har doim qiyin, çunki jamoani bilasiz. Hurmat bilan aytganda, bu Argentina emas, lekin biz boşqa bir Top milliy jamoani topiş uçun qölimizdan kelganiça harakat qildik”, deydi Kannavaro.

Şuningdek, boş murabbiy jurnalistlarning terma jamoaning joriy yiğiniga çaqirilgan va çaqirilmagan futbolçilar haqidagi savollariga javob bergan.

“Eşiklar hammaga oçiq. Jahon çempionatidan söng öyinçilarning bazilari jamoasiz qoldi, bazilari yaxşi öyin körsatmadi, bazilarida jiddiy jarohatlar böldi. Şuning uçun, menimça, boşqa birovga milliy jamoaga keliş imkoniyatini beriş ham tabiiy hol. Çunki men milliy jamoa hammaga oçiq deb işonaman. Biz hammani kuzatib boramiz, köplab öyinlarni tomoşa qilamiz. Bazan maşğulotlarni ham kuzatamiz, iloji bölsa. Biz hozir barça öyinçilarni bilamiz va, albatta, hammaga imkoniyat berişimiz kerak”, deydi italiyalik mutaxassis.

U terma jamoa yiğiniga çaqirilgan eng yoş öyinçi – Muhammad Hakimov haqida ham fikr bildirgan.

“Muhammad Hakimovni men Jahon çempionatidan oldin ham körganman. U yoş, qörqmas, yaxşi xarakterga ega. U biz ança vaqtdan beri kuzatib kelayotgan öyinçilardan biri. Ğoya şuki, unga bir neça daqiqa beriş, öynatiş, hamma kabi. Çunki biz aniqlaştirişimiz kerak bölgan bir narsa bor: bu yerda yoşlar yoki keksalar yöq. Bu yerda milliy jamoa bor. Şu sababli, agar bir yigitning qobiliyati bölsa, agar bir yigitning istiqboli bölsa, agar faxriy öyinçi yaxşi öynasa, men uni çaqiraman”, deydi boş murabbiy.

Eslatib ötamiz, ertaga, 24 sentyabr kuni Özbekiston MTJ Farğonadagi “Istiqlol” stadionida Eron MTJga qarşi bahs olib boradi. Öyin Toşkent vaqti bilan 19:00 da boşlanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: