USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonning Osiyo öyinlaridagi medallari 29 taga yetdi

130 марта
Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги медаллари 29 тага етди

Bugun, 24 sentyabr kuni Yaponiyaning Ayçi-Nagoya şaharlarida ötayotgan Osiyo öyinlarining 6-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun doirasidagi kanoe va baydarkada eşkak eşiş bahslarida Özbekiston delegatsiyasi 3 ta kumuş medalni qölga kiritdi.

Dastlab 500 metr masofaga keçgan törtlik dasturida Yekaterina Şubina, Arina Tanatmişeva, Milana Duşev-Yaniç va Şahrizoda Mavlonovadan iborat kvartet finişga ikkinçi bölib yetib keldi va kumuş medallarni qölga kiritdi.

Söngra kanoeda eşkak eşiş böyiça Özbekiston terma jamoasi azosi Vladlen Denisov joriy Osiyo öyinlaridagi ikkinçi kumuş medalini qölga kiritdi. Yakkalik bahslarida iştirok etgan sportçi 500 metr masofani ikkinçi bölib yakunladi.

Ayollar örtasida Kanoeda eşkak eşiş bahslarida 500 metr masofaga keçgan juftlikda Şohsanam Şerzodova va Nilufar Zokirovadan iborat tandem finişga ikkinçi bölib yetib keldi.

Şu tariqa, baydarka va kanoeda eşkak eşiş bahslarining bugungi dasturida Özbekiston delegatsiyasi hisobini uçta kumuş medal bilan töldirdi.

Hozirga kelib Özbekiston delegatsiyasining Osiyo öyinlaridagi jami medallar soni 29 taga (6 ta oltin, 15 ta kumuş va 8 ta bronza) yetdi. Ayni damda Özbekiston umumjamoa hisobida 5-örinda bormoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Osiyo öyinlarida oltin medal olgan özbekistonlik sportçilarga 25 000 AQŞ dollari miqdorda pul mukofoti berilişi haqida xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: