Osiyo öyinlari. Özbekiston yarim finalga çiqdi
Bugun, 25 sentyabr kuni Aiçi-Nagoya-2026 Osiyo öyinlarining çorak finalida Özbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistonini 3:0 hisobida mağlub etdi.
Uçraşuvning 12-daqiqasida Sardor Bahromovning jarima zarbasidan keyin darvozabon töpni qaytardi. Qaytib kelgan töpni Dilşod Murtozayev darvozaga aniq yöllab, hisobni oçdi.
78-daqiqada Azizbek Tölqinbekov Özbekistonning ikkinçi golini kiritib, hisobni 2:0 ga yetkazdi. 86-daqiqada esa Firdavs Abdurahmonov uçinçi golni urib, jamoasining yirik ğalabasini taminladi.
Şu tariqa, Özbekiston 3:0 hisobidagi ğalaba orqali Osiyo öyinlarining yarim finaliga yöllanma oldi. Ravşan Haydarov şogirdlari yarim finalda Yaponiya – Şimoliy Koreya uçraşuvi ğolibiga qarşi maydonga tuşadi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston “C” guruhida Filippin, Quvayt va Vetnamni mağlub etib, 100 foizlik natija bilan pley-off bosqiçiga çiqiş masalasini hal qilgandi. Guruh bosqiçida “oq börilar” 9 ta gol urdi va bir marta gol ötkazib yubordi.