Taniqli murabbiy Diyora Keldiyorovani Olimpiadaga tayyorlaydigan böldi
Germaniyalik mutaxassis Marko Şpitka Özbekiston ayollar dzyudo terma jamoasiga qaytadi va Olimpiada çempioni Diyora Keldiyorovani 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasiga tayyorlaydi. Bu haqda “Judo News Online” naşri xabar berdi.
“Budolin Germaniyaga Marko Şpitkaning örnini egallaş uçun keldi. Bizning malumotlarga köra, Şpitka Özbekiston terma jamoasiga qaytmoqda. U yerda u Diyora Keldiyorova bilan şaxsan işlaydi va uni 2028 yilgi Olimpiadaga tayyorlaydi. Şuningdek, u sport direktori lavozimini ham egallaydi”, deya xabar bergan manba.
Diyora Keldiyorova aynan Şpitka qöl ostida 2024 yilgi Parij Olimpiadasida çempionlikni qölga kiritgan. Özbekistonlik dzyudoçi finalda yaponiyalik Uta Abeni mağlub etib, olimpiya oltin medalini qölga kiritgandi.
Parij Olimpiadasidan söng Şpitka Germaniya erkaklar terma jamoasida işlaş uçun yurtiga qaytgan, Keldiyorova esa farzandli böliş munosabati bilan sportda tanaffus qildi.
Malumot uçun, Şpitka 1996 yilgi Atlanta Olimpiadasi sovrindori hisoblanadi. U avval Özbekiston ayollar dzyudo terma jamoasi boş murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Şpitka 2024 yil dekabr oyida Özbekiston terma jamoasini rasman tark etib, Germaniyaga qaytgan. Şundan söng Germaniya dzyudo federatsiyasi uni mamlakat erkaklar terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlagan.