Osiyo öyinlari. Özbekiston 3 ta gol urib, turnirni tark etdi
Bugun, 25 sentyabr kuni futbol böyiça Özbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo öyinlarining çorak finalida Janubiy Koreyaga qarşi maydonga tuşdi. Kotrina Kalbayt şogirdlari keskin keçgan uçraşuvda 3:6 hisobida mağlubiyatga uçradi va musobaqa bilan xayrlaşdi.
Özbekiston terma jamoasi safida 11-daqiqada Diyora Habibullayeva, 66-daqiqada esa Nilufar Qudratova gol urdi. Şuningdek, 64-daqiqada Janubiy Koreya futbolçisi töpni öz darvozasiga kiritib qöydi.
Biroq Janubiy Koreya futbolçi qizlar bu gollarga 6 ta gol bilan javob qaytardi va yakunda Özbekiston ayollar milliy terma jamoasi 3:6 hisobida mağlub bölib, Osiyo öyinlarini medalsiz yakunladi.
Malumot uçun, Özbekiston terma jamoasi guruh bosqiçida Filippin, Xitoy va Gonkong bilan bir guruhdan joy olgan holda 5 oçko jamğarib, çorak finalga yöllanma olgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ravşan Haydarov qöl ostidagi Özbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo öyinlarining çorak finalida Saudiya Arabistonini 3:0 hisobida mağlub etib, yarim finalga yöl olgandi.