USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistondagi qator klublar boşqaruvi xususiy sektorga beriladi

130 марта
Ўзбекистондаги қатор клублар бошқаруви хусусий секторга берилади

Özbekistondagi bir qator professional futbol klublarini işonçli boşqaruvga beriş böyiça oçiq tanlov elon qilindi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlov Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 martdagi “Sport sohasini moliyalaştiriş mexanizmlarini takomillaştiriş va sohaga tadbirkorlik subektlarini jalb qilişni kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida taşkil etiladi.

Qarorning 12-bandi “b” bandiga köra, professional futbol klublari faoliyati bilan boğliq yillik xarajatlarning kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablağlarini kiritgan tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhiga klublarni işonçli boşqaruvga beriş közda tutilgan.

Jumladan, “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Dinamo”, “Qizilqum”, “Navbahor”, “Nasaf”, “Neftçi”, “Lokomotiv”, “Maşal”, OKMK va “Paxtakor” futbol klublari mazkur tanlov doirasida işonçli boşqaruvga berilişi mumkin.

Klublarni boşqaruvga olgan tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida bir qator imtiyozlar ham belgilangan. Xususan, klub faoliyatini moliyalaştirişga yönaltirilgan homiylik xayriyalari uçun yuridik şaxslarning soliq solinadigan foydasi kamaytiriladi. Bunda imtiyoz miqdori soliq solinadigan foydaning 10 foizidan oşmasligi kerak.

Şuningdek, futbol klublari futbolçilarining jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini tölaşdan ozod qilinişi hamda ular uçun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanişi nazarda tutilgan.

Bundan taşqari, likvidli garov taminoti va istiqbolli biznes-rejalar taqdim etilgan taqdirda, tijorat banklari tomonidan klublarni sotib oliş, sport obektlarini quriş, rekonstruktsiya qiliş va kapital tamirlaş uçun 5 yil muddatga, 1 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 14 foiz stavkada kredit ajratiladi.

Klubni boşqaruvga olgan tadbirkorlarga öz mahsulot va xizmatlarini sportni ommalaştiriş hamda tarğib qilişga qaratilgan efirlar davomida Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi markaziy va hududiy telekanallarda reklama qiliş uçun 50 foizlik çegirma ham beriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: