Qozoğistonlik tadbirkor FIDE prezidenti etib saylandi
Qozoğistonlik tadbirkor va şaxmat funktsioneri Timur Turlov Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti etib saylandi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 26 sentyabr kuni Samarqand şahrida FIDE Boş assambleyasi bölib ötmoqda. Prezidentlik saylovida Turlovning raqiblari germaniyalik Vadim Rozenşteyn va Yan Xenrik Byuttner böldi.
Şu kunga qadar uşbu lavozimni FIDE prezidentining örinbosari, Hindistonning 15-jaxon çempioni Vişvanatan Anand vaqtinça bajarib kelayotgandi. Taşkilotning sobiq prezidenti rossiyalik Arkadiy Dvorkoviç sanktsiyalar sabab uşbu lavozimni tark etgandi.
Malumot uçun, 38 yoşli Timur Turlov Moskvada tuğilgan. Rossiyada faoliyat yuritgan davrida u Freedom Holding Corp investitsiya xoldingiga asos solgan. Kompaniya hozirda AQŞda joylaşgan. Turlov 2023 yildan buyon Qozoğiston şaxmat federatsiyasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Eslatib ötamiz, keça, 25 sentyabr kuni Samarqand şahrida ötkazilayotgan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasining 9-turida Özbekiston erkaklar terma jamoasi AQŞ ustidan ğalaba qozongandi. Uşbu ğalabadan keyin Özbekiston 16 oçko bilan yaqqol peşqadamga aylandi. Undan keyingi örinlarda 15 oçko bilan Hindiston va Özbekiston-2 terma jamoalari bormoqda.