XORAZMLIK SPORTÇI OSIYo ÖYINLARIDA 6-ÖRINNI EGALLADI
27-09-2026, 09:10
88 марта
XORAZMLIK SPORTÇI OSIYo ÖYINLARIDA 6-ÖRINNI EGALLADIAIÇI-NAGOYA-2026 Osiyo öyinlari doirasida oğir atletika böyiça erkaklar örtasida -75 kg vazn toifasidagi bahslar yakunlandi.
Musobaqada Özbekiston şarafini himoya qilgan xorazmlik Rözmetov Diyorbek munosib iştirok etdi.
Hamyurtimiz dast kötariş maşqida uçala urinişini ham muvaffaqiyatli bajarib, 156 kg natija qayd etgan. Siltab kötariş maşqida esa 180 kg oğirlikni zabt etdi.
Şu tariqa, ikki kuraş natijasiga köra Diyorbek Rözmetov 336 kg natija bilan musobaqani 6-örinda yakunladi.
Xorazmlik sportçimizga kelgusi musobaqalarda omad, yuqori natijalar va yangi ğalabalar tilaymiz!







