Markaziy Osiyolik sportçining oltin medali poyabzal sabab bekor qilindi
Qozoğistonlik yengil atletikaçi Yasmina Töqsonboyevaning 2026 yilgi Osiyo öyinlarida 42,195 kilometrlik sportça yuriş marafonidagi ğolibligi raqiblarining protesti ortidan bekor qilindi. Bu haqda bugun, 28 sentyabr kuni sportçining özi Instagram sahifasida malum qildi.
Töqsonboyeva musobaqani 3 soat 22 daqiqa 20 soniya natija bilan birinçi bölib yakunlagan va Qozoğiston terma jamoasiga töqqizinçi oltin medalni olib kelişi kerak edi. Biroq masofani bosib ötganidan söng qozoğistonlik sportçining natijasi böyiça protest berilgan. Musobaqa bayonnomasida uning natijasi qarşisida “Protested” belgisi paydo bölgan.
Malum bölişiça, raqiblar Töqsonboyeva kiygan ASICS krossovka modeli World Athletics’ning rasmiy ruxsat etilgan poyabzallar röyxatiga mos keliş-kelmasligini bahs ostiga qöygan.
Şu tariqa, sportçining natijasi bekor qilinib, Qozoğiston terma jamoasi uning hisobiga yozilişi kerak bölgan oltin medaldan mahrum bölgan. Töqsonboyeva esa yakuniy qarordan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda, hatto undan oltin medal olib qöyilgan taqdirda ham, qaytib kelib, uni yana qölga kiritişini aytgan.