USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Nihoyat!” Qozoğistonlik sportçi Özbekistondan qarzini undirdi

242 марта
“Ниҳоят!” Қозоғистонлик спортчи Ўзбекистондан қарзини ундирди

Qozoğistonlik yengil atletikaçi Adelina Zemsga 2025 yilda Toşkentda bölib ötgan Gennadiy Arzumanov xotirasiga bağişlangan musobaqa hamda “Ipak yölidan Tokiogaça” turniridagi qolib ketgan mukofot pullari tölab berildi. Bu haqda sportçi özining Instagram sahifasida bu haqda malum qildi.

“Döstlar, nihoyat şunday böldi! Biz ötgan yili Toşkentda qölga kiritgan ğalabalarimiz uçun Özbekiston federatsiyasidan mukofot pullarini oldik! Masala hal böldi”, deb yozdi Adelina Zems.

Qozoğistonlik atletning malum qilişiça, sportçiga 1500 dollar miqdorida mukofot puli tölangan.

Malumot uçun, 2025 yilda Toşkentda bölib ötgan musobaqalarda Osiyoning beş karra çempioni ikkita turnirda muvaffaqiyatli iştirok etgan. Gennadiy Arzumanov xotirasiga bağişlangan musobaqada u özining asosiy yönalişi – 400 metrga tösiqlar oşa yuguriş bahsida oltin medalni qölga kiritgan.

“Ipak yölidan Tokiogaça” xalqaro turnirida esa Zems uçta oltin medalga sazovor bölgandi. U 400 metrga tösiqlar oşa yuguriş, ayollar örtasidagi 4x400 metrli estafeta hamda 4x400 metrli aralaş estafetada ğolib çiqqan.

Изоҳ қолдириш

    • Guch 27 Avgust 2026 17:32
      1500$ mukofat pulini bir yildan keyin to’lab baribmila

Мавзуга алоқадор: