Osiyo öyinlari. Boksçilar 3 ta bronza oldi
Bugun, 30 sentyabr kuni Yaponiyaning Aiçi-Nagoya şaharlarida davom etayotgan Osiyo öyinlarida 3 nafar özbekistonlik boksçi bronza medalini qölga kiritdi.
Boks böyiça ayollar örtasida -51 kg vazn toifasida iştirok etgan Feruza Kazakova yarim finalda Olimpiada çempioni, xitoylik Vu Yuga qarşi jang qildi. Bahsda Feruza mağlubiyatga uçrab, musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Şuningdek, -60 kg vazn toifasida iştirok etgan Sitora Turdibekova Osiyo öyinlarining yarim finalida Xitoy Taypeyi vakili Lin Yuga qarşi ringga çiqdi. Jang yakunida hakamlar 5:0 hisobida Lin Yuning ğalabasini qayd etdi.
Boks böyiça erkaklar örtasida -70 kg vazn toifasida yarim final bahsida Şavkatjon Boltayev qozoğistonlik Törexan Saburxanga qarşi ringga çiqdi. Bahsda raqibiga imkoniyatni boy bergan boksçi Osiyo öyinlarining bronza medaliga sazovor böldi.
Malumot uçun, hozirda Osiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi ğaznasida 14 ta oltin, 17 ta kumuş va 17 ta bronza medal bor. Uşbu natija reytingda 4-hisoblanadi. Özbekistondan yuqorida Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy örin olgan.