Osiyo öyinlari. Kuraşçilar yana ikkita oltin medal oldi
Bugun, 28 sentyabr kuni Yaponiyaning Aiçi-Nagoya şaharlarida davom etayotgan Osiyo öyinlarining kuraş bahslarida özbekistonlik kuraşçilar ikkita ta oltin va bitta bronza medalni qölga kiritdi. Özbekiston delegatsiyasining umumiy oltin medallari soni 12 taga yetdi.
Bugungi kuraş bahslarida -78 kg vazn toifasida iştirok etgan Pokizazon Kamoliddinova finalda janubiy koreyalik Sumin Moni mağlubiyatga uçratdi va Osiyo öyinlari çempioniga aylandi.
Şuningdek, kuraş böyiça Özbekiston terma jamoasi azosi Ahror Ziyodullayev ham delegatsiyaga oltin medalni taqdim qildi. -81 kg vazn toifasida kuraşgan sportçi finalda eronlik Ramin Ahmadzodani mağlubiyatga uçratdi.
Bundan taşqari, kuraş böyiça Özbekiston terma jamoasi azosi Şohista Nazarova Osiyo öyinlarining bronza medalini qölga kiritdi. -78 kg vazn toifasidagi yarim final bahsida u boşqa bir özbekistonlik kuraşçi Pokizaxon Kamoliddinovaga mağlubiyatga uçradi.

Malumot uçun, hozirda Osiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi ğaznasida 12 ta oltin, 17 ta kumuş va 13 bronza medal bor. Uşbu natija reytingda 4-hisoblanadi. Özbekistondan yuqorida Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy örin olgan.