Osiyo öyinlari 2026: Özbekiston ilk oltin medalini oldi
Yaponiyaning Aiçi-Nagoya şahrida ötkazilayotgan 2026 yilgi Osiyo öyinlarida Abdulvahob Raşidov karate sport turida çempionlikni qölga kiritdi. Bu özbekistonlik sportçilar uçun turnirdagi ilk oltin medal böldi.
Karate bahslarida -67 kg vazn toifasida iştirok etgan Abdulvahob Raşidov barça raqiblarini mağlubiyatga uçratib, musobaqa çempionligiga erişdi. Sportçi finalda mezbon sportçi Yugo Kozakidan ustun keldi.
Malumot uçun, joriy Osiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi 396 nafar sportçi bilan qatnaşmoqda. 2023 yilda Xitoyning Xançjou şahrida ötkazilgan sönggi yozgi Osiyo öyinlarida esa Özbekiston delegatsiyasi 370 nafar sportçi sportçi bilan iştirok etgan. Özbekistonlik sportçilar musobaqada 22 ta oltin, 18 ta kumuş va 31 ta bronza – jami 71 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beşinçi örinni egallagan.
Hukumat qaroriga köra, 2023 yilgi yozgi Osiyo öyinlarida oltin medalni qölga kiritgan sportçilar 10 ming AQŞ dollari, kumuş medal sohibi bölganlar 5 ming dollar, bronza medal sohiblari esa 2,5 ming dollar miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlangan edi.